About
Asal oyi
Trailer

Asal oyi

2018 | Comedy, Melodrama

O’ta zamonaviy yigit va haqiqiy o’zbekona muhitda o’sgan qiz birinchi nikoh kechasiyoq ajrashishga qaror qilishadi. Lekin tongda hammasi o’zgarib ketadi. Chunki yoshlarning ota-onasi ularga chet elda asal oyi o’tkazish uchun chipta sovg’a qilishadi. Ular buni qabul qilishadi va “asal oyi” tugagandan so’ng ajrashishga qaror qilishadi. Bu haqda esa poytaxtga kelgach ota-onasiga xabar berishga kelishib olishadi. Misrga kelgan juftlikni yigitning otasi yollagan ikkita xizmatkor kutib oladi va sarguzashtlar shundan so’ng boshlanadi. Misrda ham milliylikni targ’ib qilgan kelin kuyovga yoqmaydi. U qizning asosiy maqsadi badavlat oilaga erga tegish va shu orqali kambag’allikdan qutilish bo’lganligi aytib haqorat qiladi. Film so’nggida esa yigit bu gapi uchun pushaymon bo’ladi.

Director: Jahongir Ahmedov

Duration: 01:38:05