Film haqida
Istanbullik kelin
Treyler

Istanbullik kelin

2021 | Drama, Komediya

Temur, Mohir va Nosir qadrdon do'stlar. Bir kuni Temur Istanbulga ishlagani ketishga qaror qiladi. Uning do'stlari ham unga sherik bo'lishadi. Istanbulga yetib borgach, Nosirdagi sumka taksida qolib ketadi. Afsuski, u yerda yigitlarning shaxsini tasdiqlovchi pasportlari ham bo'ladi. Ular ishga qabul qiluvchi shirkatga borishganida pasportlarini so’rashadi va shunda Nosir sumkani taksida unutganini eslaydi. Pasportsiz ularni ishga ham olishmaydi. So'ng ular bir kafega borishadi va ularga xizmat ko'rsatgan o'zbek qizi ularga yordam beradi.

Rejissyor: Dilshoda Qosimova, Jonred Sa'diyev

Davomiyligi: 01:43:28